2026-yilgi alifbo islohoti: nima oʼzgardi
Qonunchilik palatasi qonunni 2026-yil 7-iyulda qabul qildi, Senat 10-sentabrda maʼqulladi. Alifbo 26 harf va 3 harf birikmasidan 28 harf va bitta tutuq belgisiga oʼtdi.
Toʼrt oʼzgarish
| Eski | Yangi | Misol |
|---|---|---|
| gʼ | Ğ ğ | gʼisht → ğişt |
| oʼ | Ö ö | oʼquvchi → öquvçi |
| sh | Ş ş | shahar → şahar |
| ch | Ç ç | chuqur → çuqur |
Bundan tashqari ng birikmasi alifbodan chiqarildi — u endi alohida harf emas, oddiy n va g ketma-ketligi.
Nega shunday qilindi
Sabab oddiy: bitta tovush — bitta harf. Eski yozuvda sh
ikki harf edi, lekin bitta tovushni bildirardi. Bu uch xil muammo tugʼdirardi:
- Chalkashlik.
ishonchsoʼzidashbitta tovushmi yokis+hmi — qoidani bilmasangiz ayta olmaysiz. - Saralash buziladi. Kompyuter
shaharnisharfiga qoʼshib saralaydi, aslida u alohida harf edi. - Apostrof muammosi.
oʼdagi belgi turli dasturlarda turlicha yozilardi —',’,ʼ,`. Bitta soʼz besh xil koʼrinishda saqlanardi.
Yangi harflarda bu uchala muammo ham yoʼq.
Qachondan boshlab
Joriy etish bosqichma-bosqich:
- Maktab darsliklari — 2027-yildan yangi alifboga oʼta boshlaydi.
- Eski hujjatlar bekor boʼlmaydi. Qonun kuchga kirgunga qadar rasmiylashtirilgan hujjatlar, pul va qimmatli qogʼozlar amal qilaveradi.
- Davlat ramzlari belgilangan muddatgacha oʼz holida qoladi.
Sohalar boʼyicha aniq muddatlar hali eʼlon qilinmagan.
Tez-tez soʼraladigan savollar
Kirill yozuvi bekor qilinadimi?
Yoʼq. Islohot faqat lotin alifbosining ichidagi toʼrt harfga tegishli. Kirill yozuvi oʼz holicha qolaveradi.
Eski lotinda yozganim xato boʼlib qoladimi?
Qonun kuchga kirgunga qadar yozilganlar amal qiladi. Yangi rasmiy hujjatlar esa yangi alifboda yoziladi.
Kompyuterimda bu harflar yoʼq-ku?
Klaviaturaga qoʼshish yoʼllari alohida qoʼllanmada yozilgan — Windows, macOS, Android va iPhone uchun.
Butun arxivni qanday oʼgiraman?
Hujjatlarni ZIP arxivga solib, bitta marta yuklang — 100 tagacha fayl birdaniga oʼgiriladi, shrift va jadvallar joyida qoladi. Bu premium imkoniyat.