Yozadigan joyingizda ishlasin
Sayt — bitta yoʼl. Lekin matnni Wordʼda yozasiz, jadvalni Excelʼda, xat yozasiz brauzerda. Quyidagilar oʼsha joylarning oʼzida ishlaydi.
Microsoft Office qoʼshimchasi 🔒
Word, Excel va PowerPoint uchun. Hujjatni hech qayerga yuklamasdan, oʼz joyida oʼgiradi — shrift, jadval, rasm va kolontitul joyida qoladi.
Yuklab olishKlaviatura tartibi 🔒
Ğ Ö Ş Ç harflarini toʼgʼridan-toʼgʼri yozasiz: AltGr + G · O · S · C. Mavjud tartibingizga tegmaydi.
Yuklab olishBrauzer kengaytmasi 🔒
Istalgan saytda matnni belgilab, oʼng tugma → oʼgirish. Yozish maydonlarida toʼgʼridan-toʼgʼri almashtiradi. Oʼgirish kompyuteringizda bajariladi — internetsiz ham ishlaydi.
Yuklab olishMobil ilova Tez orada
Android va iOS uchun. Hozircha saytni telefon brauzerida oching — u telefonga moslangan.
Office qoʼshimchasi — oʼrnatish
- Arxivni oching
KirLot-Office.zipni papkaga chiqaring. Ichidagi fayllarni koʼchirmang — oʼrnatuvchi ularni yonidan qidiradi. - Office dasturlarini yoping Word, Excel va PowerPoint ochiq tursa, oʼrnatish yarim qoladi.
- Oʼrnatuvchini ishga tushiring
Ornat.batustiga ikki marta bosing. Windows ogohlantirsa — More info → Run anyway. - Wordʼni oching Yuqorida KirLot yorligʼi paydo boʼladi: matnni belgilab «Kirill → Lotin» ni bosasiz, yoki hech narsa belgilamasdan butun hujjatni oʼgirasiz.
Klaviatura — oʼrnatish
Arxivda ikkita yoʼl bor, ikkalasi ham bir xil natija beradi.
1-yoʼl: haqiqiy klaviatura tartibi
setup.exeni ishga tushiring — tizimga yangi tartib qoʼshiladi.- Tilni almashtiring — Windows tillar roʼyxatida «Uzbek (takomillashtirilgan)» ni tanlang.
- Yozib koʼring — AltGr+G bosilsa ğ chiqadi, Shift bilan Ğ.
2-yoʼl: AutoHotkey
Hech narsa oʼrnatmasdan, faqat skriptni ishga tushirasiz. Administrator huquqi kerak emas.
Fleshkada olib yurish mumkin. UzbekTakomil.ahk ustiga ikki marta bosing — tayyor.
Brauzer kengaytmasi — oʼrnatish
- Arxivni papkaga chiqaring va oʼsha papkani oʼchirmang — Chrome kengaytmani shu yerdan oʼqiydi.
- Chromeʼda
chrome://extensionsni oching - «Developer mode» ni yoqing — oʼng yuqorida.
- «Load unpacked» → papkani tanlang
Endi istalgan saytda matnni belgilab oʼng tugmani bosing — KirLot menyusi chiqadi.
← Bosh sahifa · Yangi harflarni qanday yozish kerak · Premium