API
Oʼgirishni oʼz dasturingiz ichida ishlating. Oddiy REST — SDK kerak emas, istalgan tildan chaqiriladi.
Kalit olish
Telegram orqali kiring, Hisob sahifasini oching va
API kaliti boʼlimidan yarating. Kalit kl_ bilan boshlanadi.
Kalit premium obuna bilan ishlaydi.
Matnni oʼgirish
POST https://kirlot.uz/api/v1/translit
Authorization: Bearer kl_xxxxxxxx
Content-Type: application/json
{
"text": "Ғозғон қудуғи",
"mode": 1
}
Javob:
{
"result": "Ğozğon quduği",
"words": 2,
"mode": 1
}
Yoʼnalishlar (mode)
| Qiymat | Nima qiladi |
|---|---|
0 yoki yoʼq | oʼzi aniqlaydi |
1 | kirill → yangi lotin |
2 | eski lotin → yangi lotin |
3 | yangi lotin → kirill |
4 | aralash matn → yangi lotin |
4-rejim nima uchun kerak? Haqiqiy hujjatlarda ikki yozuv aralash uchraydi —
kirill matn ichida lotin nomlar, yoki yarim oʼgirilgan fayl. 4-rejim
yoʼnalishni butun matn uchun emas, har bir soʼz uchun aniqlaydi.
Misollar
curl
curl -X POST https://kirlot.uz/api/v1/translit \
-H "Authorization: Bearer kl_xxxxxxxx" \
-H "Content-Type: application/json" \
-d '{"text":"Шаөрисабз","mode":1}'
JavaScript
const r = await fetch('https://kirlot.uz/api/v1/translit', {
method: 'POST',
headers: {
'Authorization': 'Bearer ' + KALIT,
'Content-Type': 'application/json'
},
body: JSON.stringify({ text: matn, mode: 0 })
});
const { result } = await r.json();
Python
import requests
r = requests.post(
'https://kirlot.uz/api/v1/translit',
headers={'Authorization': f'Bearer {KALIT}'},
json={'text': matn, 'mode': 0},
timeout=20,
)
natija = r.json()['result']
PHP
$ch = curl_init('https://kirlot.uz/api/v1/translit');
curl_setopt_array($ch, [
CURLOPT_POST => true,
CURLOPT_RETURNTRANSFER => true,
CURLOPT_HTTPHEADER => [
'Authorization: Bearer ' . $kalit,
'Content-Type: application/json',
],
CURLOPT_POSTFIELDS => json_encode(['text' => $matn, 'mode' => 0]),
]);
$javob = json_decode(curl_exec($ch), true);
Xatolar
| Kod | Maʼnosi | Nima qilish |
|---|---|---|
401 | kalit yoʼq yoki notoʼgʼri | sarlavhani tekshiring |
402 | kunlik chegara tugadi | ertaga yangilanadi |
413 | matn juda uzun | boʼlib yuboring |
429 | juda tez-tez soʼrov | sekinlashtiring |
500 | server xatosi | birozdan keyin qayta urinib koʼring |
Bilib qoʼyish kerak
- Hisob soʼz bilan yuritiladi. Harf-raqam ketma-ketligi — bitta soʼz. Sutka Toshkent vaqti bilan yarim tunda nollanadi.
- Bitta soʼrovda 1 200 belgi. Uzun matnni boʼlib yuboring.
- Natija barqaror. Bu — qoida asosidagi oʼgirish, AI emas: bir xil kirishga har doim bir xil natija qaytadi. Test qilish oson.
- Matn saqlanmaydi. Soʼrov matni bazaga yozilmaydi — faqat soʼzlar soni hisobga olinadi.
Katta hajm yoki alohida shart kerakmi? Tashkilot uchun alohida chegara va
shartnoma boʼyicha kelishamiz — Premium sahifasidan
bogʼlaning.