KirLot Кирилл  ↔  Лотин

Matnni takomillashtirilgan alifboga oʼgiring — ğ ö ş ç

Matnni qoʼyasiz, «Oʼgirish»ni bosasiz. Yoʼnalishni oʼzi aniqlaydi; e, c, ъ kabi qiyin harflar soʼz oʼrniga qarab rasmiy qoidalar boʼyicha oʼtadi.

Matn
0 belgi
Natija
0 belgi
Qoʼlda yozish uchun:

Alifbo jadvali

Kirill harfining lotincha muqobili. Takomillashtirilgan toʼrt harf ajratib koʼrsatilgan.

yangi harf soʼz oʼrniga qarab oʼzgaradi

Qiyin holatlar

е ye / e

Soʼz boshida, unlidan yoki ъ / ь dan keyin — ye. Boshqa oʼrinda — e.

ер → yerКелди → keldi

ц s / ts

Unlidan keyin, soʼz oxirida boʼlmasa — ts. Boshqa oʼrinda — s.

лицей → litseyцемент → sementконцерт → konsertабзац → abzas

ъ ʼ

Soʼz oʼrtasida tutuq belgisi. Soʼz boshi va oxirida tushib qoladi.

маъно → maʼnoтаъсир → taʼsir

ь

Tushib qoladi.

апрель → aprel

Aa katta harf

Oʼzi toʼgʼrilanadi — bosh harfli va butunlay katta yozilgan soʼzlar alohida ishlanadi.

Ёзув → YozuvЁЗУВ → YOZUVЧОЙ → ÇOY

Bilib qoʼyish kerak

  • Soʼzning tilini ajratmaydi. Kirill matn ichidagi ruscha jumlalar ham lotinga oʼtadi. Aralash hujjatda kerakli qismini alohida oʼgiring.
  • «Eski → Yangi» rejimida inglizcha soʼzlar. sh va ch birikmalari inglizchada ham uchraydi: show → şow. Bu rejimni butun matnga emas, oʼzbekcha qismiga qoʼllang.
  • Teskari yoʼnalish toʼliq qaytmaydi. ь lotinda izsiz yoʼqolgani uchun сентябрь → sentyabr → сентябр. Bu alifboning oʼz xususiyati.
  • Chegaralar. Bitta soʼrovda 1 200 belgi — taxminan yarim bet. Uzun matnni boʼlib yuboring. Kunlik hisob soʼz bilan: mehmonga 300, Telegram orqali kirganga 1 500, premiumga cheksiz. Sutka Toshkent vaqti bilan yarim tunda yangilanadi. Fayl yuklashda chegara — 5 MB.
  • Matn serverda oʼgiriladi. «Oʼgirish» bosilganda matn shifrlangan ulanish orqali serverga boradi — kunlik chegara shu yerda hisoblanadi. Bepul foydalanuvchining matni saqlanmaydi, faqat soʼzlar soni yoziladi. Premiumda esa tarix ataylab saqlanadi va uni «Hisob» sahifasidan istagan payt oʼchirib tashlash mumkin.
  • Shrift muammosi yoʼq. ğ ö ş ç — standart Unicode belgilari, Times New Roman, Arial, Calibri kabi hamma oddiy shriftlarda mavjud.