Word hujjatini formatlashini buzmasdan oʼgirish
Matnni nusxalab, saytga qoʼyib, natijani qaytadan bezashning hojati yoʼq. Hujjat oʼz holida oʼgiriladi: shrift, rang, jadval, rasm, kolontitul — hammasi joyida qoladi.
Uchta yoʼl bor
| Yoʼl | Kimga | Narxi |
|---|---|---|
| Office qoʼshimchasi | Word/Excel/PowerPoint ichida ishlaydiganga | bepul |
| Saytga fayl yuklash | bir-ikkita hujjat uchun | premium |
| ZIP arxiv (100 tagacha) | butun papkani bir marta oʼgirishga | premium |
1. Office qoʼshimchasi
Yuklab oling, Ornat.bat ni ishga tushiring, Wordʼni oching.
Yuqorida KirLot yorligʼi chiqadi.
- Butun hujjatni oʼgirish — hech narsa belgilamasdan tugmani bosing.
- Bir qismini oʼgirish — kerakli joyni belgilab, keyin bosing.
- Yoʼnalishni tanlash — kirill→lotin, eski lotin→yangi, yoki teskarisi.
Excel va PowerPointʼda ham xuddi shunday ishlaydi.
2. Saytga fayl yuklash
Bosh sahifada Fayl tugmasini bosing va hujjatni tanlang.
Qabul qilinadi: .docx, .xlsx, .pptx,
.pdf, .txt, .csv, .srt.
3. Butun papkani bir marta
Hujjatlarni ZIP arxivga soling va oʼshani yuklang. Ichidagi 100 tagacha fayl oʼgiriladi, papka tuzilishi saqlanadi, oʼgirib boʼlmaydigan fayllar (rasm, arxiv) oʼz holicha qoladi.
Nimaga tegilmaydi — va nega
| Nima | Sabab |
|---|---|
| Excel formulalari | formula varaq nomiga murojaat qiladi — oʼgirilsa hisob buziladi |
| Excel varaq nomlari | xuddi shu sabab |
| Fayl xossalari (muallif, sana) | ism oʼgirilmasligi kerak |
| Rasm ichidagi matn | rasm — surat, unda tahrirlanadigan matn yoʼq |
.txt qilib beramiz. Buni oldindan aytib qoʼyganimiz maʼqul,
keyin kutilmagan boʼlmasin.
Bitta nozik joy
Word baʼzan bitta soʼzni ikkiga boʼlib saqlaydi — masalan yarmi qalin yozilgan boʼlsa. Bunday soʼzlarda kontekst qoidalari (e va c harflarining soʼzdagi oʼrniga qarab oʼzgarishi) ishlamay qolishi mumkin. Kam uchraydi, lekin bor — shuning uchun natijada nechta soʼz oʼgirilgani koʼrsatiladi.